Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti iste’foga chiqdi
U bundan avval 90 kunga futboldan chetlatilgandi.

Luis Rubiales Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi rahbari lavozimini rasman tark etdi. Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi Luis Rubiales iste’foga chiqish haqida ariza berganini tasdiqladi. Federatsiya bu haqda Pedro Roshaga (prezidenti vazifasini bajaruvchi) yo‘llangan xat orqali xabar topdi. Rubiales UEFA vise-prezidenti lavozimini ham tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, Rubiales ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida — g‘olib Ispaniya milliy jamoasini taqdirlash marosimida futbolchi Jennifer Ermosoni o‘pganidan so‘ng tanqid qilingan, FIFA uni 90 kunga futboldan chetlatgandi.







