"Futbolni yaxshi biladiganlar bizni tushunishadi"
"Paxtakor" bosh murabbiyi kechagi mag'lubiyat haqida gapirdi.

OCHL 1-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Al-Ayn" (0:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida o'yin haqida o'zining fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchidan, "Paxtakor"ning haqiqiy muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. Ikkinchidan, o‘yindagi mag‘lubiyat uchun bor javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman. Uchinchidan, vohimaga o‘rin yo‘q, hali endi 1-tur o‘yinini o‘tkazdik. Shuncha vaziyatlar yaratib, foydalana olmadik. Raqib esa o‘z vaziyatlarini golga aylantirdi. Bu mahorat. Hali hech narsa yo‘qotilmadi, oldinda 5 ta tur bor. Bugungi natija o‘yinga mos emas. Futbolni yaxshi biladiganlar bizni tushunishadi. Gollarni o‘zimiz olib keldik. Bu – futbol, hamma narsa ro‘y berishi mumkin. Bugun shunday kunki, raqibning hamma zarbasi golga aylandi. Bugun raqib bizni hujumlari bilan qiynab qo‘yganini yoki darvozabonimiz seyvlar bilan bizni qutqarganini ko‘rmadim. Bunday omadsizliklar bo‘lib turadi. Keyingi o‘yinlarga munosib tayyorgarlik ko‘rib, maydonga g‘alaba uchun chiqamiz", - dedi Maksim Shatskix.







