"Bellingem shu klubda o'ynash uchun tug'ilgan"
Nacho jamoadoshi haqida gapirdi.

Madridning “Real” klubi himoyachisi Nacho Fernandes Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turida “Union”ga qarshi o‘yinda jamoasining g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
“Uchrashuv natijasini ancha oldinroq hal qilishimiz kerak edi. Bellingem shu klubda o'ynash uchun tug'ilgan. Umid qilamizki, u shunday lahzalarni yaratishda davom etadi", - dedi Nacho.
Kechagi o'yinda "Real" ustunlik qildi, 75% to'pga egalik qildi va nemis klubi darvozasiga 32 ta zarba yo'lladi. Ammo Madridliklar faqat qo‘shimcha bo‘limlarda Jude Bellingemning goli evaziga g'alaba qozondi.
Madrid klubi safida o'tkazgan dastlabki oltita o'yinida Bellingem olti marta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.







