Bellingemda muammo bor
U "Real Madrid" mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi.

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem bugun bo‘lib o‘tgan jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.
Ingliz futbolchisi oshqozonidagi muammo tufayli mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. "Real Madrid" tibbiyot shtabi Bellingem Madrid klubining navbatdagi mashg'ulotlarida ishtirok etishiga ishonch bildirmoqda. Yarim himoyachining "Atletiko Madrid" bilan Ispaniya Primerasining 6-tur uchrashuvidagi ishtiroki xavf ostida emas.







