Osimhenning atrofida "qora bulutlar" paydo bo'lmoqda
Barchasi klub bilan bog'liq.

Viktor Osimhen Italiya chempionatidagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Transfermarkt 24 yoshli hujumchini 120 million yevroga baholamoqda. U A Seriyada o‘tgan mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi va 26 ta gol urdi. Osimhenga jarohatlar ham xalaqit berdi, shu sababli u birinchi va ikkinchi davralarda bir nechta uchrashuvlarni o'tkazib yubordi.
Bu yozda ko'plab top-klublar forvard uchun ariza berishdi. Unga "Bavariya", "PSJ", "Al-Hilol", "Manchester Yunayted", "Nyukasl" va "Liverpul" klublaridan qiziqish bo'lgan. Biroq “Napoli” prezidenti Osimhen jamoada qolishini vada qildi. Va shunday ham bo'ldi. U hech qayerga ketmadi, lekin futbolchi va klub o'rtasida muzokaralar olib borilgani xabar qilingan bo'lsa-da, shartnomasini ham uzaytirmadi. Amaldagi kelishuv 2025-yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Aftidan, klub va futbolchi bu mavsumda har ikki tomondan hech qanday shikoyatlar bo'lmagan. Biroq, endi Osimhen birdaniga "Napoli"da o'zini qulay his qilmayotganini ma'lum qildi. Ikki-uch kun ichida vaziyat ostin-ustun bo'lib ketdi.
“Napoli” dastlabki ikki o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, so‘nggi uchtasida ochko yo‘qotdi. O'tgan dam olish kunlari bosh murabbiy Rudi Garsiya "Bolonya"ga qarshi o'yinda 86-daqiqada Osimhenni almashtirdi. Bu esa futbolchining hafsalasi pir qildi. "DAZN" xabariga ko'ra, u murabbiydan nega o'yinda g'alaba qozonish uchun ikki hujumchi bilan o'ynashga o'tish mumkin emasligini so'ragan.
Futbolchi jarimaga tortilishi mumkin edi, biroq, ma'lumotlarga ko'ra, nigeriyalik futbolchi o'yindan keyin kiyim almashtirish xonasida jamoadan uzr so'radi. Ertasi kuni yana bir yomon xabar paydo bo'ldi. Italiya prokuraturasi Osimhenning sotib olingani haqidagi yolg‘on xabarlar yuzasidan tergov boshlagan. Bir yildan ko'proq vaqt davomida "Napoli"ning hisobotlarini o'rganayotgan tergov jarayoni qanday tugashi hali aniq emas.
Biroz vaqt o'tib, oldingi voqealarga aloqasi bo'lmagan yana bir janjal boshlandi. Osimhenning agenti Roberto Kalenda o'zining ijtimoiy tarmoqlarida "Napoli" tomonidan e'lon qilingan kulgili video yuzasidan bayonot berdi. E’lon qilingan videoda hujumchi “Bolonya” bilan 0:0 hisobida yakunlangan o‘sha o‘yindagi penalti tepish holati bilan bog'liq.
Viktor masxara qilingan video avval ommaga e'lon qilindi, keyin esa tarmoqdan olib tashlandi.
"Biz Viktorni himoya qilish uchun sud jarayoni va har qanday foydali tashabbusni boshlash huquqini saqlab qolamiz”, dedi Kalenda. Keyin esa “Napoli” kanalida futbolchiga yoqmaydigan yana bir video borligi ma’lum bo‘ldi. Bunga javoban Osimhen o'zining ijtimoiy tarmog'idan "Napoli"ga tegishli suratlarni o'chirib tashladi.
Bugun "Napoli" chempionatdagi navbatdagi o'yinini o'tkazadi. Forvard odatdagidek o'yinda asosiy tarkibdan joy oladi. Voqealar rivoji esa juda ham qiziq. Kuzatamiz.







