Zlatan direktorga aylanadi
U sobiq jamoasiga qaytmoqda.

"Milan" sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich Italiya jamoasiga qaytishi mumkin.
"Calciomercato" nashri xabariga ko'ra, Ibragimovichning qaytishidan "Milan" xo'jayini Gerri Kardinalening shaxsan o'zi qiziqmoqda. Sobiq futbolchi jamoa bosh murabbiyi Stefano Piolining yordamchisiga aylanishi mumkin. Qayd etilishicha, 41 yoshli shved murabbiylar shtabiga kirmaydi, balki direktor lavozimida ishlaydi.
Eslatib o'tamiz, Ibrahimovich shu yozda faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi.







