"Ularni mag'lub etish o'zgacha tuyg'u beradi"
Serxio Ramos "Barselona"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Sevilya" himoyachisi Serxio Ramos "Barselona" qarshi o'yin oldidan o'zining fikrlarini bildirdi.
"Menda qo'shimcha motivatsiya bor, chunki Chempionlar ligasida bo'lgani kabi eng yaxshi raqiblarga qarshi o'ynashni doim xohlaymiz. Ular La Liga va Chempionlar Ligasida favorit hisoblanadi va shuning uchun ularni mag'lub etish o'zgacha tuyg'u beradi", - dedi Ramos.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik himoyachi 18 yildan so'ng o'zining sobiq jamoasi bo'lmish "Sevilya"ga qaytgan edi. Ayni damda Serxio La Liga va Chempionlar Ligasi guruh bosqichida bittadan o'yin o'tkazdi.







