"Zargar firibgar bo'lsa, oltin zanglar"
"Chelsi" Osimhen uchun "Napoli"ga 170 million yevro taklif qilishga tayyor.

"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, London klubi yangi markaziy hujumchi qidirmoqda. Jamoa rahbariyati Osimhenni ideal nomzod deb biladi. Qayd etilishicha, "Chelsi" futbolchi uchun taxminan 170 million yevro to‘lashga tayyor.
Avvalroq, Neapol klubining ijtimoiy tarmoqlarida hujumchiga oid hajviy video paydo bo'lishi sababli Osimhen va "Napoli" o'rtasida mojaro kelib chiqqani ma'lum bo'lgandi. Hujumchining agenti nigeriyalik futbolchining penaltini tepa olmaganligi aks etgan ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan videosi yuzasidan sudga murojaat qilishi mumkinligini aytgan.
Joriy mavsumda Osimhen “Napoli” safida barcha musobaqalarda yettita o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.







