Bugun boks yulduzlari ringga ko'tariladi
Xitoyda Osiyo o‘yinlarining o'ninchi kungi bahslari boshlanmoqda.

Xitoyda davom etayotgan Osiyo o‘yinlari o‘zining avj pallasiga kirib bormoqda. Bugun, boks sport turida navbatdagi bosqich janglari bo‘lib o‘tadi. Unda, hamyurtlarimizdan Hasanboy Do‘stmatov, Bahodir Jalolov va Abdumalik Halakovlar ringga ko‘tariladi:
-51 kg. 12:40 Chorak final.
Hasanboy Do‘smatov – Z. Rashid (Pokiston)
-57 kg. 16:25 Chorak final.
Abdumalik Halakov – K. Palaak (Filippin)
92+ kg. 18:10 Chorak final.
Bahodir Jalolov – D. Baykuzi (Xitoy).
Eslatib o'tamiz, ushbu janglarda g'olib bo'lgan bokschilar yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritadi.







