"Barsa" va "Real" yana raqobatga kirishdi
Jamoalar Sanega qiziqish bildirmoqda.

"Bavariya" yarim himoyachisi Leroy Sane faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli germaniyalik futbolchiga "Barselona" va "Real" qiziqish bildirmoqda. Sanening o'zi hali Myunxen klubi vakillari bilan kelajagi masalasini muhokama qilmagan.
Futbolchi "Bavariya"ga "Manchester Siti"dan 2020-yilning iyulida kelib qo‘shilgan edi. Transfer summasi 49 million yevroni tashkil etgan. O‘yinchining klub bilan shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt Saneni 65 million yevroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda Sane barcha musobaqalarda 44 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu yil yarim himoyachi allaqachon 10 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urgan.







