Vinisius Mbappening "Real"ga o'tishiga qarshi
U bu transfer amalga oshsa, Madriddan ketmoqchi.

"Real" hujumchisi Vinisius Junior "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni jamoada ko'rishni istamayapti.
Xabarlarga ko'ra, Vinisius Mbappe Madriddagi asosiy yulduzga aylanishiga xalaqit berishi mumkinligiga ishonmoqda. Bu transfer, braziliyalikning fikricha, uning kelajakda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish imkoniyatini kamaytiradi. Qayd etilishicha, Vinisius fransiyalik futbolchi bilan kelishuv amalga oshsa, "Real"ni tark etish haqida o‘ylashga ham tayyor.
Avvalroq, "PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi Kilian Mbappe keyingi mavsumda Parij klubida qolishini aytgandi.







