Muhammad Saloh o‘rniga uchta hujumchi topdi
Misrlik futbolchi jamoadan ketadi.

“Liverpul” tarixidagi eng zo‘r to‘purarlardan biri Muhammad Saloh yanvarda yoki yozda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin.
“Al-Ittihod” taklif qilayotgan badal puli va maosh klubni ham, futbolchini ham qoniqtiradi.
Shu bois, liverpulliklar Muhammad Salohning o‘rnini bosadigan hujumkor futbolchi qidira boshladi. Hozircha, bosh murabbiy Yurgen Kloppga uchta o‘yinchi ma’qul kelgan.
Taniqli insayder Ekrem Konurga ko‘ra, “Liverpul” mutasaddilari Pedru Netu (“Vulverxempton”), Leroy Sane (“Bavariya”) va Rafinya (“Barselona”) nomzodini ko‘rib chiqmoqda.







