"Barselona" o'z o'yinlarining televideniyada yoritilishidan norozi
Shu sababli, klub televideniya vakillari bilan muloqotni to'xtatishi mumkin.

“Barselona” rahbariyati o‘z o‘yinlarining televidenie orqali namoyish etilishidan norozi.
Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi ularga nisbatan hurmatsizlik qilinmoqda, deb hisoblamoqda. Xususan, klub bosh murabbiyi Xavi haqida bir necha bor salbiy fikrlar bildirilganidan norozi.
Shuningdek, translyatsiyalar vaqtida Xavi ko'pincha hakamlikdan shikoyat qilgan paytda ko'rsatiladi. Shu bilan birga, boshqa klublar murabbiylarining shunga o'xshash epizodlari deyarli yoritilmaydi.
Shu munosabat bilan "Barselona" norozilik sifatida o'yinlardagi tanaffus vaqtida televideniya vakillari bilan muloqotni to'xtatishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining to‘qqiz turidan so‘ng “Barselona” 21 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.







