Marselino "Sevilya" bosh murabbiyi bo'lishdan bosh tortdi
Klub murabbiy bilan kelisholmagan.

"Marsel"ning sobiq ustozi Marselino Toral " Sevilya" rahbariyatining jamoaga yangi bosh murabbiy bo'lish taklifini rad etdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, avvalroq ispan klubi rahbariyati va 58 yoshli mutaxassis o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan, biroq tomonlar shartnoma shartlari bo'yicha bir to'xtamga kela olmagan. Hozirda "Sevilya" jamoasiga yangi murabbiy izlashda davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Marselino sentabr oyida shu yilning iyun oyida qabul qilgan "Marsel" bosh murabbiyi lavozimini tark etgandi.
Ispaniya chempionatining sakkiz turidan so‘ng “Sevilya” sakkiz ochko jamg‘arib, hozirda turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.







