Sport

Mbappega nima bo'lyapti?

Hujumchi oxirgi to'rt o'yindan beri gol urolgani yo'q.

Mbappega nima bo'lyapti?

 

"PSJ" Fransiya chempionatining so'nggi turida mehmonda "Renn"ni mag‘lub etdi (3:1). Vitinya, Hakimi va Kolo-Muani gol urishdi. Mbappe ham ular orasida bo'lishi mumkin edi, ammo Kilian tushunarsiz tarzda harakat qildi.

 

Parijlik to'purari darvozabon bilan yakkama-yakka chiqidi biroq vaziyatdan foydalana olmadi.

 

Mbappe ketma-ket to'rtta o'yinda gol ura olmayapti. "Renn"ga qadar u "Nyukasl", "Klermon" va "Marsel"ga qarshi o'yinlarda gollarga mualliflik qilmadi. Bu 2021-yilning kuzidan beri eng quruq seriya. O'shanda hujumchi olti o'yinda gol ura olmagan. Seriya bir oy davom etib, "Bryugge", "Lion", "Mets", "Monpellier", "Man Sity" va "Renn" bilan o'yinlarda davom etgan.

 

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Renn" bilan o'tadigan o'yinda Kilianga dalda berdi.

 

"Esimda, ikki-uch hafta oldin, xuddi shu xonada ko'pchilik mendan Kilianning o'yini sizning taktikangiz ta'sir qiladimi deb so'rashgandi. Chunki, u yetti yoki sakkizta gol urdi. Endi siz mendan Kilian nima qilishi kerakligini so'rayapsiz, chunki u oxirgi o'yinlarda gol ura olmayapti. Biz bu borada normalroq bo'lishimiz kerak. U hammasiga 100% tayyor. O'yinchilar mavsum davomida turli holatlardan o'tishadi. U sakkizta gol urganida supermenga aylanmaydi, gol urmasa ham o'rtacha futbolchi bo'lib qolmaydi. Kilian biz uchun muhim va hal qiluvchi futbolchi. Murabbiy sifatida mening maqsadim - uning kuchli tomonlarini namoyish etish va uning zaif tomonlarini yopish", - dedi Enrike.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Mbappega nima bo'lyapti? | Zamon.uz