Runi "Birmingem Siti"da 29 ming funt maosh oladi
Bu oldingi murabbiyinikidan uch barobar ko'p.

"Birmingem Siti"ning yangi bosh murabbiyi Ueyn Runining maoshi jamoaning avvalgi murabbiyi Jon Yustsinikidan uch barobar ko'p bo'ladi.
Manbaga ko'ra, Yustsi haftasiga 9 000 funt (10 387 yevro) ishlab topgan. O'z navbatida Runining maoshi haftasiga 29 000 funt sterlingni (33 472 yevro) tashkil qiladi. Ta'kidlanishicha, bu angliyalik mutaxassisning avvalgi ish joyida - Amerikaning "DC Yunayted" klubidagi maoshidan ko'proq, uning maoshi haftasiga taxminan 23 653 funt (27 300 yevro) edi.
Eslatib o'tamiz, Runi tez orada "Birmingem Siti"ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi haqidagi ma'lumot kecha OAVda paydo bo'lgan edi.







