Keyn Germaniyaga o'zi bilan besh kishilik shaxsiy jamoani olib keldi
U tezroq yaxshi natijalarga erishmoqchi.

Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Harri Keyn unga klubdagi vazifalariga 100 foiz e'tibor qaratishga yordam berish uchun o'zi bilan birga besh kishidan iborat shaxsiy jamoani Germaniyaga olib keldi.
Manbaga ko‘ra, jamoa tarkibida tansoqchi, fitnes va fizioterapiya mutaxassislari hamda shifokor bor. Futbolchi Myunxendan uy topganidan keyin tarkibga shaxsiy murabbiy ham qo'shiladi.
30 yoshli hujumchi Myunxenda imkon qadar tezroq integratsiya qilishni istaydi va jamoadoshlari bilan yaxshiroq muloqot qilish uchun nemis tilidan saboq olmoqda. Jamoa ichida Tomas Myuller Keynning eng yaqin aloqachisi sanaladi.
Keyn 2023-yil avgustida “Tottenhem”dan “Bavariya”ga o‘tgan edi. Transfer summasi 100 million yevroni tashkil etdi. O‘yinchining klub bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.







