Kurtua tuzalmoqda
U sog'lig'i haqida gapirdi.

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua og‘ir jarohatidan forig‘ bo‘lgani haqidagi xabar bilan o‘rtoqlashdi.
“Sog‘ayishim juda yaxshi ketmoqda, endi tayoqchadan foydalanmayman. Men allaqachon piyoda yurib, mashq qila olaman, tezroq qaytishga umid qilaman", - dedi Kurtua.
Eslatib o'tamiz, shu yilning avgust oyida Kurtua chap tizzasidan jarohat olgan edi. O'shanda "Real Madrid" Kepani "Chelsi"dan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.







