Mish-mishlarga nuqta qo'yildi
Messi "Barsa"ga qachondir qaytadi.

"Barselona" vitse-prezidenti Eduard Romeu argentinalik hujumchi Lionel Messining Kataloniya klubiga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
"Messining qaytishi? Vaziyat qulay bo'lganda, biz uni jamoada ko'rishni xohlaymiz. U bunga loyiq va biz buni amalga oshirishni intiqlik bilan kutamiz. Qolganlari shunchaki taxmin va biz bu haqda boshqa gapirmaymiz", - dedi Romeu.
Lionel Messi yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida "Inter Mayami"ga o'tgandi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025-yilning dekabr oyigacha amal qiladi. Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.







