Toshkentda 5 nafar ishchini tuproq bosib qoldi
Hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan.

Toshkent shahrining Uchtupa tumanida 2 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketib vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Uchtepa tumani "Beshkayrog‘och" ko‘chasida olib borilayotgan kollektor kurilishida (kotlovan qazish vaqtida) 5 nafar “Shafoat” MCHJ xodimlari ishlayotgan bo‘lgan. Ammo tuproq ko‘chishi oqibatida 2 nafar ishchi hayotdan ko‘z yumgan, 1 nafar xodim ayni damda kasalxonada, qolgan 2 nafar ishchilarning ahvoli qoniqarli baholanmoqda.
Ayni damda tuman Ichki ishlar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







