Kamavinga "Real" bilan yangi shartnoma imzoladi
Shartnoma muddati besh yilni tashkil qiladi.

Taniqli insayder Fabritsio Romano "Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga klub bilan yangi shartnoma imzolagani haqida xabar berdi.
"Eduardo Kamavinga "Real" bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Kutilganidek, shartnoma 2028-yilning iyunigacha amal qiladi. Shartnomada sotib olish opsiyasi mavjud bo‘lib, u 1 milliard yevroni tashkil etadi”, — dedi Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Kamavinga 2021-yilning yozida 31 million yevro evaziga ispan klubiga o‘tgandi. Uchta to‘liq bo‘lmagan mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 110 ta jamoaviy o‘yinda ishtirok etib, ikki gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.







