Kristof Galte "Al-Duhayl" bosh murabbiyi
U faoliyatini Qatarda davom ettiradi.

Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, "PSJ" sobiq ustozi "AL-Duhayl"ni boshqaradi.
Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik mutaxassisning murabbiylar shtabidan unga Parij klubida yordam bergan Jou Sakramentu va Tyerri Oleksyak o‘rin oladi.
Eslatib o'tamiz, mutaxassis fransuz klubi bilan 11-Liga 1 chempionligini qo'lga kiritdi. O'tgan mavsum Chempionlar ligasining 1/8 finalida esa"PSJ" "Bavariya"ga yutqazib qo'ygandi.







