Mavsum boshidan "qoqilishni" boshlagan top klublar
Ularning muvaffaqiyatsizligiga nima sabab bo'lmoqda?

"Chelsi" transferlar uchun yarim milliard yevro sarflagan bo‘lsa-da, chempionatda qiynalmoqda. “Roma” va “Manchester Yunayted” esa turnir jadvalining o‘rtasida qolib ketishgan.
Yevropada oliy ligalar qizg'in pallada. Birinchi taxminlar allaqachon shakllanib ulgurgan. Masalan, Ispaniyada "Jirona" yuqori o'rinda, Fransiyada "Brest" yaxshi o'yin ko'rsatmoqda, Germaniyada esa "Shtutgart" kutilmaganda yuqori o'rinda bormoqda. Ammo biz kutgan jamoalar kutilgan natijani qayd etmayapti. “Manchester Yunayted” mavsumni kuchli to‘rtlikka da’vogar jamoalardan biri sifatida boshladi. O‘tgan chempionatda Erik ten Xag shogirdlari uchinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasiga yo‘l oldi. Endi gollandiyalik murabbiydan bundan kam yutuqlar kutilmasdi. Yozda “Yunayted” 206 million yevroga xaridlar amalga oshirdi. Ammo mavsum boshlanishi muxlislarning ishtiyoqini sovutdi. Jamoa g'alabalarni mag'lubiyat bilan almashtirdi: to'rtta g'alaba va to'rtta mag'lubiyat. "Yunayted" umidlarni puchga chiqardi. Umuman olganda, "Manchester Yuneyted" APLda 10-o'rinda turgani jamoaning omadi. Chempionlar ligasi guruh bosqichining ikki turidan so'ng jamoa 0 ochko jamg'argani yanada achinarli.
"Chelsi" har oy tobora ko'proq memlarga sabab bo'lib bormoqda. Birgina 2023-yilning yozida londonliklar tarkibni kuchaytirish uchun 462 million yevro sarflashdi. Ammo ta'sir hali ham minimal. “Chelsi” o‘tgan mavsumni 12-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, hozirda 11-o‘rinda. Sakkiz turdan keyin Maurisio Pochettino shogirdlari atigi 11 ochko to'plashdi. So'nggi uchrashuvlarda vaziyat yaxshilana boshladi. Ikkita g'alaba qozonildi. "Chelsi"ning muammolari jamoaviy ishning yomonligi va ko'p sonli jarohatlar bilan bog'liq. Klub Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan futbolchilar bilan xayrlashdi va ularning o‘rnini yosh va tajribasiz o'yinchilar egalladi.
"Sevilya" o'tgan mavsumda La Liganing eng quyi pog'onalaridan joy olgandi. Natijada, andalusiyaliklar 2022/2023-yilgi chempionatni 12-o'rinda yakunladi. Ammo, shunday bo'lishiga qaramay klub Yevropa Ligasini qo'lga kiritdi. "Sevilya" yangi mavsumni Chempionlar ligasida va La Ligada katta umidlar bilan boshladi. Ammo yana muvaffaqiyatsizlik boshlanmoqda. "Sevilya" 16-o'rinni egallab turibdi. Andalusiyaliklar yaqinda bosh murabbiy Xose Luis Mendilibarni istefoga chiqardi. Mavsum oxirigacha “Sevilya”ni Diego Alonso boshqaradi. U vaziyatni tuzatadimi? Buni esa vaqt ko'rsatadi.
O'tgan mavsum A Seriyaning ikkinchi jamoasi yozda o'zining yetakchilaridan biri Sergey Milinkovich-Savichdan ayrildi. Aytgancha, serbning o‘rnini Arsen Zaxaryan egallashi mumkin edi. Ammo yakunda yaponiyalik Daichi Kamada erkin agent sifatida jamoaga qabul qilindi. "Latsio" shuningdek, hujumchi Valentin Kastelanos, yarim himoyachi Matteo Genduzi bilan shartnoma imzoladi. Ammo, maqsadli kuchaytirish hali Mauritsio Sarriga unchalik yordam bermadi. “Latsio” sakkiz turdan keyin 13-o‘rinda bormoqda. Murabbiyning klubdagi mavqei allaqachon pasaygan. Rimliklar o'tgan mavsumda ularni Chempionlar ligasiga olib chiqqan futbol ko'rsatishmayapti. Umuman olganda, muammolar yetarli. Lekin, hech bo'lmaganda yevrokuboklarda hammasi yomon emas, Chempionlar ligasining ikki turidan keyin klub to'rt ochko jamg'argan.
Yozda Joze Mourinyo jamoasi ajoyib transfer kampaniyasini amalga oshirdi. Jami 10 million yevrodan kamroq pul evaziga klubga Romelu Lukaku (5,8 million yevroga ijara), Leandro Paredes (2,5 million yevro), Renatu Sanches (ijara, 1 million yevro), Evan N'Dika, Xussem Auar qo‘shildi. Ammo jamoaning ishlari yaxshi ketmayapti. Rimliklar 8 turdan keyin 11 ochko bilan A Seriyada 10-o‘rinda bormoqda. Mourinyo tajribalar o'tkazmoqda, ba'zida hatto noan'anaviy bosimni qo'llayapti. Joze rimliklarning natijalarini barqarorlashtirish variantlarini qidirmoqda. Buni tuzatish uchun hali vaqt bor.
“Vilyarreal” yangi mavsumni bosh murabbiy Kike Setyen bilan boshladi. O'tgan chempionatni jamoa beshinchi o'rinda yakunlagandi. Bu yil "sariq suv osti kemasi" Chempionlar ligasi uchun kurashadi. Ammo boshidanoq nimadir noto'g'ri ketdi. Dastlabki to‘rtta turda “Vilyarreal” uchta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi va sentabr oyi boshida Setyen iste’foga chiqarildi.







