Qashqadaryodagi tug‘uruqxonada ayollar yerda yotgani aytilmoqda
Holat yuzasidan SSB maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati perinatal markazida yangi ko‘zi yorigan ayollar va chaqaloqlar yerda yotgani haqida zabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, xabarda taʼkidlangan maʼlumotlar asossiz. 2023 yil 11 oktyabr kuni viloyat perinatal markazida 186 nafar homilador va ko‘zi yorigan ayol mavjud bo‘lgan.
"Ayollar va chaqaloqlarning biror nafari ham yerda yotmagan, har bir ayolga zarur sharoitlar yaratilgan. Homilador va tug‘gan ayollar bilan suhbatlashilganda ham ushbu holat tasdiqlanmadi", — deyiladi rasmiy munosabatda.







