Ronaldu 99 darra urish bilan jazolanishi mumkin
U mamlakat qonunchiligini buzgan.

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasining portugaliyalik hujumchisi Eron qonunlarini buzdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Sentabr oyida futbolchi Tehronga borgandi va u yerda “Persepolis” bilan o‘yindan so‘ng o‘z muxlisi, imkoniyati cheklangan eronlik rassom Fotima bilan uchrashgan.
Ronaldu ayolni quchoqlab o‘pgan va shu tariqa mamlakat qonunchiligini buzgan.







