"Barsa" tarbiyalanuvchisi Messiga tupurdi
Holat Argentina - Paragvay o'yinida yuz berdi.

Argentina milliy jamoasi JCH-2026 saralashining 3-turida Paragvayni mag‘lub etdi (1:0). Leo 53-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Ikkinchi bo‘lim davomida u va 70-daqiqada maydonga tushgan "Torino" hujumchisi Antonio Sanabriya o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga keldi, futbolchilar baland ovozda gaplashishdi. Leo ketayotganida, Sanabriya uning ortidan tupurdi. Tupurgi maysaga tushdi.
Messi o‘yindan so‘ng: "Buni ko‘rmadim. Menga kiyinish xonasida aytishdi. Ortiqcha ahamiyat bermoqchi emasman. Uning kimligini ham bilmayman", — dedi.
Sanabriya — Messining sobiq jamoasi "Barselona"ning tarbiyalanuvchisi. Paragvaylik futbolchi 2009-yildan 2013-yilgacha kataloniyaliklar tizimida bo‘lgan. Uning Leo bilan surati bor.
"Men suratlarga qaradim, go‘yoki unga tupurayotganga o‘xshayman, lekin unday emas. Buni inkor etaman. U uzoqda edi. Messiga hech narsa bo‘lmadi", — dedi Sanabriya o‘yindan keyin.







