"Biz bu yo'nalishda yetarlicha harakat qilmagan edik"
Maguayr nima uchun "Vest Xem"ga o'tmaganini tushuntirdi.

"Manchester Yunayted" himoyachisi Garri Maguayr "Vest Xem"ga amalga oshmay qolgan transfer haqidagi savolga javob berdi.
"Vest Xemga o'tish na men bilan, na klublar o'rtasida kelishib olinmagan. Jamoaga o'tish imkoniyati yo'q edi, chunki biz bu yo'nalishda yetarlicha harakat qilmagan edik. "Vest Xem katta klub, ammo men hali ham bor e'tiborimni "Manchester Yunayted"ga qaratganman. Men asosiy tarkib uchun kurashmoqchiman", - dedi Maguayr.
Joriy mavsumda angliyalik himoyachi “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlarda to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “qizil iblislar” bilan shartnomasi 2025-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.







