"Golden Boy" mukofotiga nomzodlar ma'lum
Ro'yxatda Bundesligadan eng ko'p futbolchi joy olgan.

"Tuttosport" nashri Golden Boy mukofoti uchun nomzod bo'lgan futbolchilarning ro'yxatini e’lon qildi. Xo'sh, yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini uchun kimlar kurashmoqda?
Bundesliga
Germaniya chempionatidan beshta nomzod bor. Bular, Jamal Musiala, Mathis Tell (ikkalasi ham "Bavariya"), Xavi Simons, Benjamin Sheshko (ikkalasi ham "Leypsig") va Florian Virts ("Bayer").
APL
Yakuniy yigirmatalikka Angliyadan to‘rt nafar futbolchi kirdi: Rasmus Xoylund (“Manchester Yunayted”), Levi Kolvill (“Chelsi”), Milosh Kerkez (“Bornmut”), Evan Fergyuson (“Brayton”).
La Liga
Primera klublaridan 3 nafar futbolchi nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi: Jud Bellingem (“Real”), Aleks Balde (“Barselona”) va Arnau Martines (“Jirona”).
Primeira
Portugaliya chempionatining ikki futbolchisi finalchilar qatoridan joy oldi: Antonio Silva (“Benfika”) va Usmon Diomande (“Sporting”).
Liga 1
Fransiya jamoalarida ikkita nomzod bor: Uorren Zair-Emeri ("PSJ") va Andi Diuf ("Lans").
Boshqa ligalar
Shuningdek, "Oltin bola"ga yana to'rtta chempionat o'yinchilari da'vogar hisoblanadi. Joan Bakayoko ("PSV"), Artur Vermeeren ("Antverpen"), Luka Gurna-Duat ("Red Bull Zalsburg") va Jorjio Skalvini ("Atalanta").







