"Real Madrid" hujumchi sotib olmaydi
Klub bu fikrdan voz kechdi.

"Real Madrid" rahbariyati qishki transfer oynasida yangi hujumchi xarid qilmaslikka qaror qildi.
Manbaga ko'ra, dastlab Los-Blankos rahbariyati o'rtasida forvardni sotib olish maqsadga muvofiqligi borasida munozara bo'lgan. Biroq, klubning yuqori mulozimlari mavsum boshida yuqori o'yin ko'rsatgan angliyalik yarim himoyachi Djud Bellingem jamoada tizim shakllantiruvchi shaxsga aylanishiga rozi bo'lishdi va hujumchini qo'lga kiritish niyatidan voz kechishdi. Qolaversa, "Real Madrid" rahbariyati hujumchi Xoseluning o'yin darajasidan mamnun.
Eslatib o'tamiz, bu mavsumda Bellingem Madrid klubi safida barcha turnirlarda 10 ta o'yinda qatnashib, o'nta gol urdi va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi.







