Top jamoalarning eng yaxshi to'purarlari
Ronaldu mutloq rekordchi.

2026-yilgi jahon chempionati va 2024-yilgi Yevropa chempionatiga saralash o'yinlari qizg'in pallaga kirgan bir paytda biz terma jamoalarning eng yaxshi to'purarlarini yodga olishga harakat qildik.
Lionel Messi o'z terma jamoasi safida eng ko‘p gol urgan. Uning hisobida 176 ta o‘yinda 104 ta gol bor. Fransiyada jamoaning eng yaxshi to'purari Olivye Jiru hisoblanadi. Forvard 125 o‘yinda 54 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Braziliya termasining to'purari Neymar hisoblanadi, u terma jamoa safida 126 ta o‘yinda maydonga tushib, 79 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. Harri Keyn Angliya terma jamoasi safida 86 uchrashuvda 59 ta gol urgan va hozirda u jamoa to'purari bo'lib turibdi. Robin van Persi Gollandiya terma jamoasi safida 102 ta o‘yinda maydonga tushib, 50 ta gol kiritishga erishgan.
Terma jamoalar safida gol urish bo'yicha rekordchi Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo'lib, uning hisobida 125 ta gol mavjud.







