Falastin milliy jamoasi uy o‘yinlarini Jazoirda o‘tkazadi
Mamlakat o‘yinlarni tashkil etish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.

Falastin milliy jamoasi navbatdagi o‘yinlarini Jazoirda o‘tkazadi. Isroilning Gʻazo sektoriga berayotgan zarbalari sabab shunda qarorga kelingan.
Jazoir futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hukumatning buyrug‘i va Falastin futbol assosiatsiyasi rahbari Jabroil Rajubning iltimosiga ko‘ra, mamlakat Falastinning navbatdagi rasmiy o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazishga tayyor.
Bundan tashqari Jazoir futbol federatsiyasi Falastin uchun 2026-yilgi jahon chempionati va 2027-yilgi Osiyo Kubogi saralash o‘yinlarini tashkil etish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Falastin Jazoirdagi ilk o‘yinini 21-noyabr kuni Avstraliyaga qarshi o‘tkazadi.







