Sport

"Islomni ertaroq nokaut qilish asosiy maqsadim"

Volkanovski Maxachevga qarshi o'tadigan jang haqida gapirdi.

"Islomni ertaroq nokaut qilish asosiy maqsadim"

 

Aleksandr Volkanovski yengil vaznda UFC chempioni Islam Maxachevga qarshi kechadigan jangi uchun rejalarini oshkor qildi. Avstraliyalik chempion jangni imkon qadar tezroq yakunlash uchun harakat qilishini aytdi.

 

"Shubhasiz, bu dahshatli jang bo‘ladi. Men oktagonga chiqaman va hammani hayron qoldiraman. Jangning to‘liq besh raund davom etmasligi uchun harakat qilaman. Islomni ertaroq nokaut qilish asosiy maqsadim. Meni to‘g‘ri tushunasizlar degan umiddaman. Bu ishni chiroyli va tezroq amalga oshirishni istayman. Bo‘lajak oqshomdagi eng xavfli inson men bo‘laman. Ham jismonan, ham ruhan bu to'qnashuvga tayyorman. Maqsadim - nokaut!", - dedi Aleksandr.

 

Eslatib o‘tamiz, Aleks Volkanovski uchun bu revansh jangi bo‘ladi. U shu yilning fevral oyida Avstraliyaning Pert shahrida o‘tkazilgan UFC 284 turnirida Maxachevga ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"