Sport

O‘zbekistonda sumo federatsiyasi rasman ro‘yxatdan o‘tdi

Federatsiya raisi etib Kamol Usmonov saylangan.

O‘zbekistonda sumo federatsiyasi rasman ro‘yxatdan o‘tdi

 

O‘zbekistonda rasman sumo federatsiyasi ochildi. Mazkur federatsiya joriy yilning 12-oktabr kuni adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. Bu haqda federatsiya raisi etib saylangan Kamol Usmonov ma’lum qildi.

 

Federatsiya O‘zbekistonda sumo sportini rivojlantirish va ommalashtirish, sumo sporti bilan shug‘ullanuvchilarni, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sumo sport turlari bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish, xalqaro sport aloqalarini kengaytirish hamda o‘z a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilishni maqsad qiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi ilk sumo sportchisi sifatida Durdona Abdujabbarova qayd etilgan.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"