Sport

Bayden Isroilga boradi

Tashrif davomida Baydenga Isroilning harbiy maqsadlari va strategiyasi haqida ma’lumot beriladi.

Bayden Isroilga boradi

 

AQSH prezidenti Jo Bayden 18 oktyabr kuni Isroilga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.

 

“Birinchidan, prezident AQSHning Isroil bilan birdamligini va uning xavfsizligiga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Ikkinchidan, prezident Bayden ushbu inqirozdan foydalanib Isroilga hujum qilmoqchi bo‘lgan har qanday davlat yoki nodavlat sub’yektlariga bunday qilmaslik haqida aniq xabarimizni yuboradi”, — dedi Blinken.

 

Tashrif davomida Baydenga Isroilning harbiy maqsadlari va strategiyasi haqida ma’lumot beriladi. Blinkenning qo‘shimcha qilishicha, AQSH prezidenti Isroil armiyasi harbiy amaliyot davomida “tinch aholi orasida qurbonlarni minimallashtirish va gumanitar yordamning HAMAS qo‘liga tushmasdan, Gʻazo sektoridagi tinch aholiga yetib borishini” ta’minlash borasidagi rejalari bilan tanishmoqchi.

 

Avvalroq Blinken Yaqin Sharqqa safari doirasida Isroilga tashrif buyurgandi. U Isroildan tashqari Iordaniya, Qatar, Bahrayn, Misr, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ldi.

 

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham Isroilga keldi. U hamkasbi Yoav Galant bilan uchrashdi. Pentagon rahbari uni Qo‘shma Shtatlar Isroilni kuchli qo‘llab-quvvatlashiga va Tel-Avivni “o‘zini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa bilan” ta’minlashiga ishontirdi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"