Ronaldu hammani ortda qoldirdi
U 2023-yilda eng ko'p gol urgan.

Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu taqvim yilidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqib qoldi.
38 yoshli futbolchi Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi o'yinda dubl qayd etdi va 2023-yil boshidan buyon klub va terma jamoa safida 40 ta gol urdi. Shu tariqa Ronaldu 39 ta golga ega bo'lgan norvegiyalik hujumchi Erling Holandni ortda qoldira oldi.
16-oktabr kuni Yevro-2024 saralash bosqichi “J” guruhi 8-turidan o'rin olgan Portugaliya terma jamoasi safarda Bosniya va Gersegovinani mag'lub etdi.







