Feliks "Barsa"da baxtlimi?
Uning maoshi 10 baravarga oshirildi.

Yaqinda Joau Feliks Kataloniya klubi libosida o'ynash uning bolalikdagi orzusi ekanligini tan oldi, chunki u jamoaga doim muxlislik qilgan. Bu e'tirof unga qimmatga tushdi. Feliksning sokin hayoti aynan u "Barselona"ga bo'lgan his-tuyg'ularini ochiqchasiga e'lon qilgan paytda tugadi. Diego Simeone portugaliyalik futbolchini zaxira o'rindig'iga o'tqazdi, muxlislar esa uni muntazam ravishda haqorat qilishdi. Feliks bunga sabr-toqat bilan chidadi. "Barselona" esa uni jamoaga qo'shilishini kutdi.
Transfer oynasining so'nggi kunida xushxabar keldi. "Barsa" barcha qiyinchiliklarni yengib chiqdi va "Atletiko" bilan bir mavsum uchun ijara bo'yicha kelishib oldi. Biroq, bu sotib olish imkoniyatisiz va futbolchining maoshi sezilarli darajada kamaygan holda edi. "Barselona" mavsumiga 400 ming yevrolik maoshga rozi bo'ldi ("Atletiko"da u yiliga 14 million yevro olgan).
"Barselona" bosh murabbiyi
“U o'ngda, chapda va markazda o'ynay oladi. Feliks juda ko'p qirrali, u to'pni deyarli yo'qotmaydi. Feliks "Barselona"da muvaffaqiyat qozonish uchun ajoyib fazilatlarga ega. Men "Atletiko" bilan hech qanday solishtirmoqchi emasman - u yerda qanday vaziyatda bo'lgani haqida menda na ma'lumot, na fikr bor. Biz Joauni hurmat qilamiz va unga yordam beramiz. Ishonchimiz komilki, bu bizga katta foyda keltirishi mumkin. Feliks bizga 100% mos keladi. U tezkor va gol ura oladi. Hujumdagi har qanday pozitsiyaga moslasha oladi”.
Keyinchalik Feliks haqiqatan ham maoshini sezilarli darajada qisqartirganini, balki klubni o'zgartirishi kerak bo'lganini tan oldi.
"Men o'z futbolimni o'ynashim mumkin bo'lgan joyda bo'lishim kerak edi". Madridda klub va murabbiyning g'oyalariga moslasha olmadim. Lekin men har doim qo'limdan kelganicha harakat qildim. U yerda ham juda yaxshi davrlarni o‘tkazdim”.
"Barselona"da portugaliyalik futbolchi ajoyib start oldi. Chempionatdagi ikkinchi o'yinida gol urdi, Chempionlar ligasidagi birinchi o'yinida esa dubl qayd etdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Feliks tezda jamoa uchun muhimligini isbotladi.
"Barsa" bir oydan keyin Feliksni jamoada qoldirishga qaror qildi. Ikkita muammo bor: uning amaldagi shartnomasida qaytarib sotib olish varianti yo‘q, “Atletiko” esa futbolchini 80 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Shuningdek, yana ijaraga kelishib olish ham mumkin. Chunki, "Barselona" bunday bir martalik to'lovni to'lashga qodir emas.
"Bizda Feliksni saqlab qolishimizga imkon beradigan taklif tayyorlash uchun butun bir mavsum bor", - dedi "Barselona" rahbariyati. Biz uning o'yinidan juda mamnunmiz va uni klubda doim ko'rishni xohlaymiz.
Feliksning jamoa uchun ahamiyatini hisobga olib moliyaviy muammolar, jumladan, maoshlar oshirib yuborilganidan qiynalayotgan klub futbolchining maoshini 10 baravarga oshirdi.
Portugaliyalik futbolchi "Barselona"ga mavsumiga 400 ming yevro evaziga o‘tishga qaror qilganiga kam odam ishonardi. Ilgari oyiga milliondan ko'proq pul olgan futbolchi to'satdan daromadini shu darajada tushirishga qaror qilgani ko'pchilikni hayron qoldirdi. La Liga esa Feliksning maoshi chegarasini (ya’ni, oshirib bo‘lmaydigan miqdorni) 4 million yevro qilib belgiladi.
"Barselona" boshidan shuncha pul to'lamoqchi bo'lgan bo'lishi mumkin, ammo Feliks klubga o'z maoshi chegarasidan ancha qimmatga tushardi, - degandi La Liga prezidenti Xaver Tebas sentabr oyida.
Bu bayonotdan bir oy o'tgach, "Barselona" Feliksning maoshini oshirdi, garchi dastlab klub futbolchiga 400 ming yevro to'lashga qodirligi aytilgan bo'lsa-da. Portugaliyalik futbolchi aslida bu miqdorga rozi bo'lgan va bu jamoadagi eng past maosh edi.







