Jahon

Bayden falastinliklar uchun 100 million dollarlik insonparvarlik yordamini eʼlon qildi

Pullar "G‘azo sektori va G‘arbiy sohildagi Falastin xalqiga" yordam berish uchun sarflanadi.

Bayden falastinliklar uchun 100 million dollarlik insonparvarlik yordamini eʼlon qildi

 

AQSH prezidenti Jo Bayden chorshanba kuni bergan bayonotida, 100 million dollar "bir milliondan ortiq ko‘chirilgan va mojarolardan aziyat chekkan odamlarni toza suv, oziq-ovqat, gigiyena vositalari, tibbiy yordam va boshqa zarur mahsulotlar bilan taʼminlash" uchun sarflanishini aytdi.

 

Oq uyning taʼkidlashicha, "Qo‘shma Shtatlar ishonchli hamkorlar, jumladan, BMT agentliklari va xalqaro nohukumat tashkilotlari orqali gumanitar yordam ko‘rsatmoqda".

 

Prezident Baydenning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorining tinch aholisi vaziyatda "aybdor emas va jabr ko‘rmasligi kerak. Fuqarolar hayotini himoya qilish va muhtojlarga zudlik bilan yordam berish kerak".

 

Oq uy bayonotida, shuningdek, "Qo‘shma Shtatlar mintaqadagi hamkorlar bilan yaqin aloqani davom ettirishi, xavfsizlikka erishish va yordam berishga harakat qilayotganlarni qo‘llab-quvvatlash hamda [fuqarolarning] oziq-ovqat, suv, tibbiy yordam va uy-joydan foydalanishini osonlashtirish muhimligini taʼkidlaydi".

 

Avvalroq AQSH prezidenti Tel-Avivda so‘zga chiqib, Isroilni tinch aholining og‘ir ahvolini yengillashtirish uchun Misrdan kelayotgan insonparvarlik yordamining G‘azoga kirishiga ruxsat berishga chaqirgandi. 

 

Baydenning tashrifi yakunida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi Isroilning Misr orqali G‘azo janubiga oziq-ovqat, suv va dori-darmonlarni jo‘natishiga ruxsat berishini bildirgan. Shu bilan birga, u HAMAS garovga olganlarni ozod qilmaguncha Isroildan yordamga ruxsat bermasligini yana bir bor taʼkidladi

custom img

Rossiyada YTH oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Marhumlarning jasadlari sud-tibbiy ekspertizadan so‘ng O‘zbekistonga qaytariladi.

custom img

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston qo‘shma mudofaa kelishuvini imzoladi

Tomonlar bir davlatga qarshi qurolli hujumni uchalasiga qarshi hujum sifatida ko‘rishga kelishdi.

custom img

To‘qayev Putinni Ukraina urushini to‘xtatishga chaqirdi (Tahlil)

To‘qayev Putin bilan uchrashuvda Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi. To‘qayev buni qanday epladi?

custom img

Sun’iy intellekt yordamida tabiatda uchramaydigan viruslar yaratildi

AQSH olimlari sun'iy intellekt yordamida tabiatda mavjud bo‘lmagan 16 ta yangi virusni yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

custom img

Tramp AQShda “tug‘ilish turizmi”ga chek qo‘ydi

AQSh prezidenti mamlakatga farzand tug‘ish maqsadida kelib, bola orqali fuqarolik olish amaliyotini taqiqlovchi farmonni imzoladi.

custom img

Quvayt mamlakatdagi yagona Eron maktabini yopdi

Rasmiy sabab ochiqlanmagan bo‘lsa-da, qaror mintaqadagi keskin geosiyosiy vaziyat fonida qabul qilingani qayd etilmoqda.

custom img

Yevropadagi jazirama iqtisodiyotga 800 milliard yevrogacha zarar yetkazishi mumkin

Eng yirik moliyaviy yo‘qotishlar Fransiyada kuzatilishi mumkin.

custom img

Ukrainaning AQSHdagi sobiq elchisi noqonuniy boylik orttirishda gumon qilinmoqda

Olga Stefanishina qariyb 310 ming dollarlik mol-mulkni yashirganlikda va noqonuniy boylik orttirganlikda gumonlanmoqda. Diplomat ayblovlarni rad etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"