Sport

Finallar o'yinchisi

Anxel Di Mariya Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi.

Finallar o'yinchisi

 

Argentina terma jamoasi a'zosi, Anxel Di Mariya tez orada terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini aytdi. Anxel jamoadagi so'nggi o'yinlardan keyin mana shunday qarorga kelgan. Xo'sh, bugungi kunga qadar Di Mariya Argentina terma jamoasida qanday yutuqlarga erishdi?

 

Yoshlar o'rtasida Olimpiya va jahon chempioni

 

Di Mariya Argentina terma jamoasida 2008-yilda debyut qilgan. Bungacha yoshlar terma jamoasi bilan jahon chempioni (2007) va Olimpiya chempioni (2008) bo'lgan.

 

Amerika kubogi

 

2021-yilda Anxel milliy terma jamoa bilan birinchi yirik turnirda g'alaba qozondi. Amerika Kubogi finalida argentinaliklar 22-daqiqada Di Mariyaning goli evaziga braziliyaliklarni mag'lub etishgandi. Shu tariqa futbolchi jamoa g'alabasiga ulkan hissa qo'shadi.

 

Finalissima

 

2022-yilda Di Mariya Amerika kubogi g'olibi va Yevropa chempioni bahs olib borgan yangi turnir - Finalissima g'olibiga aylandi. Mazkur to'qnashuvda argentinaliklar italiyaliklarni 3:0 hisobida mag'lub etishgandi. Anxel esa gollardan biriga mualliflik qilgan.

 

Jahon chempionati

 

2022-yilda Di Mariya birinchi marta jahon chempioni bo'ldi. Finalda argentinaliklar fransuzlarni 3:3 (4:2 penalti) hisobida mag‘lub etishdi. Jahon chempionati finalida ham Anxel gollardan birini o'z nomiga yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ladi.

 

Noyob rekord

 

Anxel Di Mariya qit'a chempionati, jahon chempionati va Olimpiada o'yinlari finalida gol urgan tarixdagi yagona futbolchi hisoblanadi.

 

Statistika

 

Anxel Argentina terma jamoasi safida 134 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol urgan va 29 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Finallar o'yinchisi | Zamon.uz