Hindiston 2040-yilgacha Oyni zabt etmoqchi
Mamlakatning kosmik ambitsiyalari orasida 2035-yilgacha kosmik stansiya yaratish rejasi ham bor.

Hindiston hukumati 2040 yilgacha Oyga astronavt jo‘natish niyatida.
Mamlakatning kosmik ambitsiyalari orasida 2035 yilgacha kosmik stansiya yaratish rejalari ham bor.
Bosh vazir Narendra Modi seshanba kuni ushbu ulkan rejalarni eʼlon qildi va hind olimlaridan nafaqat Oyga, balki Venera va Marsga ham missiyalar ustida ishlashni boshlashni so‘radi.
Avgust oyida Hindiston Oyning janubiy qutbiga kosmik kemani qo‘ndirgan birinchi davlat bo‘ldi, sentyabrda esa quyoshni o‘rganish uchun raketa uchirdi.
Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (Isro) shuningdek, astronavtlar ekipajini 400 km balandlikdagi orbitaga jo‘natish va ularni Yerga xavfsiz tarzda qaytarishni maqsad qilgan Gaganyaan loyihasi ustida ish olib bormoqda. Shanba kuni kosmik agentlik missiyaning asosiy sinovi o‘tkaziladi.
Shundan so‘ng 2024 yil oxirigacha boshqariladigan so‘nggi parvozdan oldin robot bilan koinotga navbatdagi sinov parvozi amalga oshiriladi.







