Sport

"Kamp Nou"da Messi bilan xayrlashuv o‘yini o‘tkaziladi

Buni "Barsa" prezidenti tasdiqladi.

"Kamp Nou"da Messi bilan xayrlashuv o‘yini o‘tkaziladi

 

Kataloniyaliklar prezidenti, shuningdek, argentinalik futbolchining xayrlashuv o‘yini 2024-yilning noyabr oyida "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tishi mumkinligini ta’kidladi.

 

"Biz Leoga qaytishni taklif qildik. U bizga o‘z fikrini aytdi va qaror qildi. Leo yana bosim ostida qolishni istamadi va "Inter Mayami"ni tanladi. Biz uni hurmat qilamiz va juda qadrlaymiz. Unga va’da berganmiz. "Kamp Nou"ning ochilishida Leo bilan xayrlashuv o‘yini o‘tkazamiz. Stadionimizga 2024-yilning noyabrida qaytamiz (rekonstruksiyada). Bu 24 yoki 26 noyabrga to‘g‘ri keladi", — dedi Laporta

"Kamp Nou"da Messi bilan xayrlashuv o‘yini o‘tkaziladi | Zamon.uz