Sport

Karim Benzema Fransiya ichki ishlar vazirini sudga berishi mumkin

Vazir futbolchini terrorchilar bilan aloqasi borligini aytgandi.

Karim Benzema Fransiya ichki ishlar vazirini sudga berishi mumkin

 

"Al Ittihod"ning fransiyalik hujumchisi Yaqin Sharqdagi mojaro haqida gapirgandi: "Biz ayollar va bolalar jabrlanayotgan, nohaq portlashlar qurboni bo‘layotgan Gʻazo xalqi uchun yana duo qilamiz".

 

Shundan so‘ng Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen Karimning terrorchilar bilan aloqasi borligini ma’lum qildi: "Bilishimizcha, Benzema "Musulmon-birodarlar" tashkiloti bilan aloqador".

 

Fransiyalik futbolchi o‘zining advokati Hyuga Vijye orqali tashkilotga aloqasi yo‘qligini aytdi va vazirni sudga murojaat qilishi bilan tahdid qildi.

 

"Bu yolg‘on! Benzemaning bu tashkilot bilan zarracha aloqasi bo‘lmagan. Biz bu vazirga nisbatan axborotni manipulyasiya qilish to‘g‘risidagi qonun doirasida sudga da’vo qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqyapmiz. Mamlakatni boshqarayotganlarga o‘zlari xohlagan narsani qilishga ruxsat berilgani qabul qilinishi mumkin emas", — dedi Vijye.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Karim Benzema Fransiya ichki ishlar vazirini sudga berishi mumkin | Zamon.uz