“Barsa” yangi transfer tayyorlayapti
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi himoya chizig‘ini kuchaytiradigan yaxshi nomzod topdi.

Ma’lum qilishicha, “Malorka” qanot himoyachisi Pablo Maffeo kataloniyaliklarning transfer ro‘yxatiga tushgan.
Xavi Ernandes bu futbolchi o‘ng qanot himoyasini mustahkamlay olishiga ishonmoqda. 26 yoshli futbolchining transfer summasi sakkiz million yevro ekani ham moliyaviy qiyinchiliklardan hali qutilmagan “Barselona” uchun juda ma’qul keladi.
Pabloning “Malorka” bilan shartnomasi 2026-yilning yoziga tuzilgan.







