"Kuchliroq bo'lib qayting"
"Al-Hilol" jiddiy jarohat olgan Neymarga murojaat qildi.

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi jarohat olgan braziliyalik hujumchi Neymarga murojaat qildi.
"Kuchliroq bo'lib qayting", - deydi klub matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar JCh-2026 saralashida Urugvay bilan o'yinning birinchi bo'limi yakunida ko'zlarida yosh bilan maydonni tark etgan edi. Futbolchining jarohati jiddiy ekani ma'lum qilingan.







