"Liverpul" Osimhen bilan og'zaki kelishuvga erishdi
Bu haqda futbolchining agenti ma'lumot bergan.

"Ingliz klubi va Osimhen allaqachon og'zaki kelishuvga erishgan. Ochig'ini aytaman: kelishuv "qizillar" va futbolchi o'rtasida bo'ladi. Umid qilamanki, Aurelio De Laurentis Viktor Osimhenni hech bo'lmaganda iyungacha saqlab qoladi, ammo bunga ishonchimiz komil emas”, - dedi Kalenda.
Nigeriyalik hujumchining neapolliklar bilan shartnomasi 2025-yilning 30-iyunida yakuniga yetadi. 24 yoshli futbolchi Italiya klubiga 2020-yilning kuzida Fransiyaning “Lion” klubidan 75 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda Osimhen barcha turnirlarda o‘nta o‘yinda qatnashib, oltita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchini 120 million yevroga baholamoqda.







