Jahon

Mask bir kunda 16 milliard dollar yo‘qotdi

Ammo u hali ham dunyodagi eng boy odam bo‘lib qolmoqda.

Mask bir kunda 16 milliard dollar yo‘qotdi

 

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask bir kunda o‘z boyligidan 16 milliard dollar yo‘qotdi.

 

Sababi Tesla aksiyalarining narxi 9 foizga tushib ketgan. Bu haqda Amerikaning Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.

 

Yaqinda o‘tkazilgan savdolar natijalariga ko‘ra, kompaniya qimmatli qog‘ozlari narxi 220 dollargacha pasaydi. Bu elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi sof foyda deyarli yarmiga kamayganini aytganidan keyin sodir bo‘ldi.

Biroq aktivlarning 7 foizga qisqarishi Maskni sayyoradagi eng boy odamlar reytingidagi birinchi o‘rindan siqib chiqarmadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"