Jahon

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yangi Konstitutsiya kuchga kirgani ortidan yana prezidentlikka saylanish huquqiga ega bo‘ldi. Davlat rahbarining o‘zi esa 2029-yilgi saylovda ishtirok etishi yoki muddatidan oldin saylov o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi savolga hozircha javob berishga erta ekanini aytdi.

 

Jurnalist To‘qayevdan 2029-yilgi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surish huquqidan foydalanadimi yoki muddatidan oldin saylov o‘tkaziladimi, deb so‘radi.

 

“Konstitutsiyaviy sud shunday qaror qabul qildi. Bu qonuniy va men qayta saylanish huquqiga egaman. Ammo bo‘lajak saylovlarga kelsak, siz aytganingizdek, qaysi yilda saylovda ishtirok etaman yoki etmayman — bu haqda gapirishga hali erta”, — dedi To‘qayev.

 

U buni mamlakat oldida hali bajarilishi lozim bo‘lgan ko‘plab vazifalar borligi bilan izohladi. Prezident, xususan, Qozog‘istonni keng ko‘lamli qurilish maydoniga aylantirish, birinchi navbatda, fuqarolar uchun ijtimoiy obyektlar barpo etish zarurligini ta’kidladi.

 

To‘qayev bu maqsadlarda Milliy jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishga tayyorligini bildirdi.

 

“Nega biz pulni xorijdagi qimmatli qog‘ozlarda ushlab turishimiz kerak? Uni xalq farovonligi uchun ishlatish mumkin-ku. Men bu pullarni shunchaki saqlab o‘tirishga qarshiman. Ular xalqimiz va fuqarolarimizga xizmat qilishi kerak”, — dedi Qozog‘iston rahbari.

 

U dunyodagi vaziyat murakkabligicha qolayotganini, xalqaro sharoit mamlakatdan doimiy tahlil va e’tibor talab qilayotganini qayd etdi. Shunga qaramay, Qozog‘istonda ichki tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga erishilganini aytdi.

 

To‘qayev mamlakatda iqtisodiy o‘sish mavjudligini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich obyektiv bo‘lib, asosiy xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan ham tasdiqlangan.

 

Prezident prezidentlik saylovida ishtiroki bo‘yicha kelasi yili aniqroq javob berishi mumkinligini bildirdi.

 

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya 1-iyuldan kuchga kirgan. Mart oyida o‘tkazilgan referendumda uning loyihasi qariyb 90 foiz ovoz bilan ma’qullangan.

 

Yangi Konstitutsiya mamlakat siyosiy tizimiga qator o‘zgarishlar kiritdi. Xususan, ikki palatali parlament — Senat va Majlis o‘rniga bir palatali Qurultoy tashkil etildi, vitse-prezident lavozimi qayta joriy qilindi hamda yangi maslahat organi — Xalq kengashi tashkil etilishi belgilandi.

 

Yangi Konstitutsiya amaldagi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi. Konstitutsiyaviy sud ham uning qayta saylanish huquqiga ega ekanini tasdiqlagan.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.