Jahon

Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi ilk Qurultoy uchun saylov boshlandi

Saylovda jami 12 605 788 nafar fuqaro ishtirok etishi kutilmoqda.

Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi ilk Qurultoy uchun saylov boshlandi

Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi ilk Qurultoy uchun saylov jarayoni boshlandi. Bu haqda Tengrinews.kz ma’lum qildi.

 

Mahalliy vaqt bilan soat 07:00 holatiga ko‘ra, respublikaning 20 ta hududidagi 10 363 ta saylov uchastkasida ovoz berish boshlandi. Yana 107 ta uchastka hududiy komissiyalar qaroriga ko‘ra, soat 06:00 dan faoliyat yuritgan. Shuningdek, 16 ta xorijiy davlatda tashkil etilgan 19 ta saylov uchastkasi ham fuqarolarni qabul qilmoqda. Saylovda jami 12 605 788 nafar fuqaro ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Qozog‘istonda 1-iyuldan yangi Konstitutsiya kuchga kirgan. Uning loyihasi mart oyida o‘tkazilgan referendumda qariyb 90 foiz ovoz bilan ma’qullangan. Yangi Konstitutsiya amaldagi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevga yana bir bor prezidentlik saylovida ishtirok etish imkonini beradi.

 

Mamlakatning ikki palatali parlamenti — Senat va Majlis 30-iyun kuni o‘z faoliyatini rasman yakunlagan. Konstitutsiyaviy islohot natijasida ikki palatali parlament o‘rniga bir palatali Qurultoy tashkil etiladi.

 

Shuningdek, islohot doirasida vitse-prezident lavozimi qayta tiklanadi va yangi maslahat organi — Xalq kengashi tashkil etiladi. Uning a’zolari prezident tomonidan tayinlanadi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.