Jahon

AQSH G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami kelishini taʼminlaydi

Bu haqda Bayden maʼlum qildi.

AQSH G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami kelishini taʼminlaydi

 

Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektoridagi tinch aholining oziq-ovqat, suv va tibbiy yordamdan foydalanishini taʼminlaydi. Bu haqda Amerika prezidenti Jo Bayden maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi Rafah o‘tish joyi ochilishi ortidan, Bayden Amerika Qo‘shma Shtatlari xalq farovonligi uchun muhim bo‘lgan yordamlarning uzluksiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida barcha tomonlar bilan hamkorlikni davom ettirishini aytdi.

 

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni ertalab insonparvarlik yordami bo‘lgan 20 ta yuk mashinasi Rafah nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tgan edi. Shundan so‘ng nazorat-o‘tkazish punkti yopilgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"