Sport

Bir muhabbat tarixi

Messi va Antonella qanday tanishgan?

Bir muhabbat tarixi

 

"Barselona" va Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblangan Leo Messining unvonlari va mukofotlarining sanog'i yo'q. Mashhur futbolchi o'z muvaffaqiyatining bir qismi sifatida rafiqasi Antonellani biladi. Sababi u futbolchini doimiy qo'llab-quvvatlab keladi.

 

Lionel Antonellani besh yoshidan beri taniydi. Qiz Messining eng yaxshi do'sti Lukas Skaliyaning amakivachchasi edi, Shuning uchun ular bolalikda juda ko'p vaqtini birga o'tkazishardi. 13 yoshida esa Messi o'z orzusiga erishish uchun, ona shahri Rosariodan Barselonaga ko'chib o'tadi.

 

Shundan so'ng Messi va Antonella deyarli muloqot qilishmagan. Leo sport karerasini qurdi, yirik chempionatlarda qatnashdi. Antonella o'sha paytda universitetda o'qishni boshlagan va u yerda bir yigit bilan tanishadi. Hatto ularning to'yi ham rejalashtirilgan edi. Ammo dahshatli avariya oqibatida bo'lajak kuyov vafot etadi. Bundan xabar topgan Messi darhol Antonellaning oldiga keladi va o'shandan keyin ular hech qachon ajralishmagan.

 

Ular uzoq vaqt davomida nikohlarini qonuniylashtirmaydi. 2012-yil noyabr oyida Lionel va Antonella Tiago ismli o'g'il ko'rishadi. Uch yildan so'ng ularning Mateo ismli o'g'li tug'iladi. 2017-yil oktabr oyiga kelibgina futbolchi o'z sevgilisi bilan rasman turmush quradi. Dabdabali to‘yda jahon futboli yulduzlari taklif etiladi.

 

Shu tariqa futbolchi bolalikdagi do'stiga uylandi. U model ham, aktrisa ham emas, shou-biznesga umuman aloqasi bo‘lmagan, shon-shuhratni orzu qilmaydigan oddiy qiz edi.

 

Leo o'z shaxsiy hayoti haqida gapirishni yoqtirmaydi. Uning rafiqasi Antonella erining barcha o'yinlarida qatnashadi va o'g'illarini tez-tez o'yinlarga olib boradi. Messining o'zi esa bunday qo'llab-quvvatlash u uchun juda muhim ekanini bir necha bor tan olgan.

 

Yaqinda futbolchi Amerikaning "Inter Mayami" klubi bilan shartnoma imzoladi va oilasi bilan AQShga ko'chib o'tdi. Avvaliga oila mehmonxonada yashagan, biroq tez orada Messi 11 million dollarga hashamatli uy sotib oldi.

 

Lionelning to‘ng‘ich o‘g‘li allaqachon otasining izidan boryapti. 10 yoshli Tiago mahalliy futbol akademiyasida o'qiydi va o'zining ilk natijalarini ko'rsatmoqda. Messining so'zlariga ko'ra, o'g'illari xarakter jihatidan juda farq qiladi. Shuningdek, Messi rafiqasini maqtashdan charchamaydi, chunki u butun hayotini o'g'illarini tarbiyalashga bag'ishlagan, shifokorlik faoliyatini to'xtatgan.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"