Germaniya Ukrainaga yana 200 million yevro ajratadi
Bu mablag‘lar mamlakatning qayta tiklanishi uchun sarflanadi.

Bu haqda Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vazirligi vakili maʼlum qildi.
"Mablag‘lar taʼlim, sog‘liqni saqlash va ichimlik suvidan foydalanish sohasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi", — deya tushuntirdi Yoxen Flasbart.
Departament maʼlumotlariga ko‘ra, rus qo‘shinlari bostirib kirishi boshlanganidan beri u Ukraina tomoni tinch aholisiga yordam berish uchun bir milliard yevroga yaqin mablag‘ ajratgan.







